Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’lim tizimining o‘rta professional ta’lim dasturlari bo‘yicha ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bosqichma-bosqich ta’lim dasturlarini yakunlamoqdalar. Jumladan Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi Olmaliq kon metallurgiya kollejida o‘rta professional ta’lim dasturlarining ilk bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosida Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati xodimlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, Olmaliq shahar xalq deputalari, Olmaliq shahar xalq kengashi kotibiyati, ota-onalar va tumandagi turli tashkilotlotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur kollejda 2021-yilda “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari, “Payvandlash”, “Rangli metallar operatori”, “Chilangan” kabi yo‘nalishlarda jami 168 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi berildi. Тadbirning yana bir ahamiyatlisi shu bo‘ldiki Respublikadagi yangi namunadagi kollejning birinchi diplom sohibiga “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni bitirgan Jamshid Yuldashevga RT №0000001-raqamli diplomi tantanali ravishda topshirildi. Manba: edu.uz

22-Iyun, 2023-yil 9:44 Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2023-yilning 15-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutitutida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar “Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish” yuzasidan loyiha hujjatlarining muhokamasi o‘tkazildi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi, Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, professsional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar ishtirok etishdi. Seminardan kо‘zlangan asosiy maqsad, pedagogik yuklamalarini soddalashtirish, hisobot shakllarini kamaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni kо‘proq о‘z ustida ishlashi uchun xizmat qiladigan hujjatni shakllantirishdan iborat.

19-Iyul, 2023-yil 10:25 “Worldskills Uzbekistan-2023” g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, 10 - 15-iyul kunlari Buxoro shahridagi “Humo” sport majumuasida quruq qurilish va suvoqchilik bo‘yicha “WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2023” ishchi kasblar IV milliy chempionati o‘tkazildi. Mazkur chempionatda respublika bo‘yicha jami 13 ta professional ta’lim muassasasidan ishtirokchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdilar. Ular tomonidan bajarilgan amaliy ishlar 15 nafar ekspert tomonidan baholandi. Musobaqa natijalariga ko‘ra “WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2023” g‘oliblari aniqlandi: 1-o‘rin “Knauf gips Buxoro” MChJ o‘quv markazi o‘quvchisi Adizov Akobir Azamatovich; 2-o‘rin Olmaliq arxitektura qurilish texnikumi o‘quvchisi Abdullayev Mo‘mimbek Xayrulla o‘g‘li; 3-o‘rin Buxoro arxitektura qurilish texnikumi o‘quvchisi Fayzullayev Azizbek Ubaydullo o‘g‘liga nasib etdi G‘oliblar esdalik sovg‘alari hamda quyidagicha pul mokofotlari bilan taqdirlandi: 1-o‘rin: 6 million so‘m; 2-o‘rin: 4 million so‘m; 3-o‘rin: 3 million so‘m. Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mutlaq g‘olibi joriy yilning oktyabr, noyabr oylarida Abu-Dabi shahrida o‘tkaziladigan xalqaro “WORLDSKILLS Abu-Dhabi-2023” musobaqasiga ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu ichki milliy chempionat 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi tadbir ilk marotoba Buxoro shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari, “Worldskills Uzbekistan” asossiatsiyasi va “KNAUF” Axborot-konsultatsiya markazi tomonidan tashkil etildi.

10-Iyul, 2023-yil 9:20 Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi bilan hamkorlik

2023-yilning 8-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari va О‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi direktori Yorg Xnizdo boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda О‘zbekistonning pilot professional ta’lim muassasalari sifatida taklif etilgan ta’lim muassasalarining holatini о‘rganish natijalari, ularda hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning xalqaro tan olingan dual ta’lim tizimi ta’lim dasturlarini joriy etish, Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazida professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog kadrlar, pilot ta’lim muassasalari bitiruvchilari va turli kasblarga ega fuqarolarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari istiqbollari muhokama qilindi. Sertifikat olganlarni ichki va xorijiy mehnat bozorlarida о‘z ish о‘rinlarini egallashlariga asos yaratuvchi Pilot loyiha va uning bajarilishi bо‘yicha Yо‘l xaritasi tahlil qilinib, unga xamkorlikning samarasini yanada oshirishga yо‘naltirilgan tegishli о‘zgartirishlar kiritildi.

22-Iyun, 2023-yil 10:04 Vazir kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar rahbarlari bilan muloqot qildi

2023-yil 9-iyun kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari professional taʼlim muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi. Yigʻilishda 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik, dual taʼlim shaklini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni yaxshilash, oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi. Hozirda Andijon viloyatida 33 ta kasb-hunar maktabi, 16 ta kollej, 18 ta texnikum, Namangan viloyatida 27 ta kasb-hunar maktabi, 16 ta kollej, 19 ta texnikum, Fargʻona viloyatida 32 ta kasb-hunar maktabi, 21 ta kollej, 23 ta texnikum faoliyat yuritmoqda. 2023/2024-oʻquv yili professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabulini yuqori saviyada shaffof tashkil etish maqsadida elektron platformadan unumli foydalanilish zarurligi qayd etildi Yigʻilishda shuningdek, dual taʼlim, yaʼni taʼlim muassasasi bilan ish beruvchi korxona hamkorlikda oʻquvchilarni oʻqitish tizimini yanada kengaytirish va dual taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarini oshirish lozimligi taʼkidlandi. Professional taʼlim muassaslarida xorijiy tillarni oʻrgatish, bunda oliy taʼlim muassasalari pedagog-kadrlari, professor-oʻqituvchilarini jalb etish amaliyoti ham bugungi kunda dolzarb boʻlib, bu borada qator texnikum va kollejlarda ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Vazir ushbu amaliyotni yanada kengaytirish orqali bitiruvchilarning ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish lozimligini qayd etdi.

18-Oktabr, 2021-yil 9:40 Professional ta’lim tizimida ilk marta Avgust seminarlari tashkil etilmoqda

Avgust seminari yalpi majlisini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov kirish so‘zi bilan ochib berib, professional ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar hamda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha kelgusida har bir rahbarlar belgilab olishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Avgust seminarlarida professional ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagogik kadrlarga ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni mazmun mohiyatini tushuntirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘qitish usullarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashilishi maqsad qilib qo‘yilgan. Avgust seminarlari ta’lim sohalar bo‘yicha 19 ta sho‘balari joriy yilning 28 avgustiga qadar davom etib barcha o‘qituvchi va ishlab chiqirish ustalari qamrab olinadi.