Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiya instituti va Worldskills Uzbekistan o‘rtasida imzolanadigan hamkorlik memorandumini imzolandi

Worldskills International harakati 1946 yilda Ispaniyada tashkil topgan. Worldskills tashkiloti kasblarni xalqaro darajada tayyorlashga qo‘yiladigan standart talablarini ishlab chiqadi. Ushbu standartlar asosida kasblar tayyorlanadi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga baho berish maqsadida har 2 yilda bir marta xalqaro darajadagi kasb chempionatlari o‘tkaziladi. Hozirda ushbu tashkilotga 85 ta davlat a’zo. O‘zbekiston 2020 yil 17 yanvarda 83- a’zo davlat sifatida ushbu harakatga qo‘shildi. Hozirda 101 ta kompetensiya bo‘yicha kasbiy standartlar ishlab chiqilgan. Bugungi kungacha 45 ta xalqaro chempionatlar o‘tkazilgan. 2022 yil Shanxay (Xitoy)da 46-xalqaro chempionat o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida" PF-6108-son Farmonida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasasilarida Worldskills standartlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 01 iyul kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida ”Worldskills Uzbekistan” assotsiatsiyami bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida kelgusida professional ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari Worldskills standartlari bo‘yicha ”Worldskills Uzbekistan” assotsiatsiyasida malakalarini oshirishadi. Malaka oshirish yakunida, kasbiy amaliy imtixonlardan ijobiy o‘tgan tinglovchilarga Ekspertlik sertifikatlari beriladi. Ushbu sertifikat bilan ular ta’lim muassasasida Worldskills kompetensiyalari bo‘yicha o‘quvchilarga kasb o‘rgatish va Demonstrativ imtixon olish vakolatiga ega bo‘ladi. Ushbu memorandumni imzolash jarayonida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Alijonov, bosh boshqarma o‘rinbosari Anvar Allabergenov, “WorldSkills Uzbekistan”- ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi Boshqaruv kengashi raisi Farrux Juraev, assotsiatsiyasi mutaxassislari Nigora Shaaxmedova, Ibroxim Kayumov va Iskandar Razыkovlar, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut direktori Zayniddin Xudayberdiev, direktor o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. YouTube va Zoom dasturi orqali ushbu jarayon jonli efirga uzatildi. Professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlari va raxbar xodimlari ushbu jarayonni onlayn shaklda kuzatib bordi. Memorandum yakunida Oliy ta’lim vazirligi, institut va assotsiatsiya xodimlari kelgusida bajariladigan ishlar to‘g‘risida kelishib olishdi. Kelishuvga ko‘ra, kelgusida birinchi bosqichda 2000 dan ortiq ishlab chiqarish ta’limi ustalari assotsiatsiyaning ekspertlari tomonidan malakasi oshirilishi, ikkinchi bosqichda, Assotsiatsiya ekspertlari hamkorligida Worldskills standartlari asosida yangi formatdagi ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarni yaratish, uchinchi bosqichda hamkorlikda Worldskills chempionatlarini hududiy va Respublika miqiyosida o‘tkazilishi belgilab olindi.

27-Mart, 2023-yil 9:43 Malaka oshirishda hamkorlik masalalari

O‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirishga qaratilgan ochiq darslar, seminarlar hamda ma’lum modulni o‘rganish va yoritish maqsadida tashkil qilinadigan ko‘chma mashg‘ulotlar katta ahamiyatga ega. Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan muntazam ravishda turli tashkilot korxonalar va ta’lim muassasalari bilan tinglovchilar uchun ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etib borilmoqda. Bu galgi ko‘chma mashg‘ulotlarimiz fan va ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy texnologiyalar bilan tanishish ta’lim muassasalari tajribasi o‘rganish, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuni, o‘quv-tashkiliy tuzilmasi, amaliy ta’lim jarayonini tahlil qilish amaliy metodlarni o`rganish hamda tinglovchilar o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqish maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘tkazildi.

29-Mart, 2023-yil 14:02 Pedagogik innovatsiyalar institutida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 28-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda Scopus bazasi imkoniyatlari, IMRAD talabi asosida maqolalarni yozish tartibiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

30-Yanvar, 2026-yil 9:08 Kasbiy ta’limni takomillashtirish yo‘lida amaliy uchrashuv

🔹2026 yil 29 yanvar kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati hududiy boshqarma xodimi hamda texnikum direktorlari ishtirok etib, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha dolzarb savollarga batafsil tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔹Bunday hamkorliklar ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

20-Aprel, 2026-yil 16:26 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

Mavzu: "Kasbiy ta'limda ilg'or xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari" ✅ Muhokama qilinadigan yo'nalishlar: ❗️ Yoshlarda kasb tanlash madaniyatini shakllantirishning zamonaviy pedagogik tizimlari va xalqaro tajribalar ❗️Dual ta'limda ish beruvchilar bilan integratsiyaning samarali modellari va ularni joriy etish mexanizmlari ❗️ Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, kompetensiyaviy yondashuv va xalqaro sertifikatsiya masalalari ❗️ Kasbiy ta'lim sifatini baholash, milliy reyting tizimlari va WorldSkills standartlariga moslashuv yo'llari ⏰ Sana: 2026-yil, 1-may 📌 Vaqt: Soat 09:00 (Toshkent vaqti) 🌐 Sovg'a: Eng yaxshi 10 ta maqola mualliflari estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi! ✅ Ishtirok: Mutlaqo BEPUL! ✅ Maqolaga qo'yilgan talablar: (https://telegra.ph/Maqolaga-qoyilgan-talablar-04-17) ⚠️ Maqolalarni topshirish: 2026-yil 20-aprelgacha ✅ @M_979_R telegram manzili orqali

27-Yanvar, 2026-yil 10:30 Bo‘limlar faoliyati bilan tanishuv

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Saxiba Kazakova Dual va xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish hamda Yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Bo‘limlarning vazifalari hamda tizimdagi muhim islohotlardan kelib chiqib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor rejalar bo'yicha bo'limlar tomonidan taqdimotlar qilindi.