Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Yangiliklar va e’lonlar

Barcha yangiliklar va e’lonlar
8-May, 2025-yil 10:43 📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi davom etmoqda! messi

🏆🏆🏆 📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi davom etmoqda! 🔺TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI! 1- bosqich - aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida; 2-bosqich - may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida; 3-bosqich - iyun oyining 25-sanasigacha Respublika miqyosida. Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi. Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami; ▶️fanning ta’lim texnologiyalari; ▶️media (audio, video va animatsion) materiallar; ▶️vizual-didaktik resurslar; ▶️taqdimot materiallari; ▶️glossariy (atamalar lug‘ati); ▶️baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar). ✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi. 🏆 75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb belgilanadi. 🖥Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi. 🏆Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek: 1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; 2-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari; 3-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi; Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi; Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.

7-Oktabr, 2024-yil 11:24 “Dual ta’lim muvaffaqiyat modeli: Germaniya Shparkassalar moliyaviy guruhidagi talablar, shartlar hamda jarayonlar” mavzusida seminar messi

Joriy yilning 27-sentabr kuni Germaniyadagi Oberxessen Shparkassasi mutaxassislaridan biri Shabana Zargarzada xonim ishtirokida “Dual ta’lim muvaffaqiyat modeli: Germaniya Shparkassalar moliyaviy guruhidagi talablar, shartlar hamda jarayonlar” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Dual ta’limi va Oberxessen Shparkassa ta’lim tizimi, Germaniyadagi banklar tizimi va Shparkassa akademiyasidagi dual ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, dual ta’limining Shparkassalar tizimidagi ahamiyati va ularga qo‘yilgan talablar hamda shart-sharoitlar, Shparkassa akademiyasida dual ta’limini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu seminarda Professional ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kurslariga jalb qilingan professional ta’lim muassasasi rahbar va rahbar o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldilar.

7-Oktabr, 2024-yil 11:24 DARYA loyihasining SCAFFOLD vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari malaka oshirish tizimi o‘quv jarayonlariga joriy etilmoqda. messi

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari IChTBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut xodimi B.Haydarov tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi.

7-Oktabr, 2024-yil 11:23 DARYA loyihasining SCAFFOLD vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari malaka oshirish tizimi o‘quv jarayonlariga joriy etilmoqda. messi

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari O‘TIBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut professori D.Raxmatullaeva tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimotamalga oshirildi.

1510

O'quv me'yoriy hujjatlar

788

O‘quv adabiyotlar

1679

O‘qitish materiallari to‘plami

516

Metodik mahsulotlar

30192

Foydalanuvchilar

Loyiha haqida

Ushbu axborot tizimi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Professional ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʼlib, professional taʼlim muassasalari uchun metodik ta’minotni amalga oshiradi.